USETECH kompaniyalar guruhi Octopus yechimi bilan Dubaydagi GITEX Global ko‘rgazmasida

21.10.2023

16–20-oktabr kunlari 170 dan ortiq mamlakatning 6 mingdan ziyod kompaniyasi sun'iy intellekt kelajagi va ilg'or texnologiyalarni muhokama qilish uchun Dubaydagi GITEX Global 2023 ko'rgazmasida jamlandi. USETECH kompaniyalar guruhi Global DevSlam Community a'zosi va homiysi bo'ldi.

USETECH kompaniyalar guruhi xodimlari kompaniya, sun'iy intellekt sohasidagi xizmatlar va AI asosidagi raqamli mahsulotlarni taqdim etdi. Shuningdek, server resurslarini avtomatik optimallashtiruvchi AI asosidagi raqamli mahsulot — Octopus yechimi haqida gapirdi.

USETECH kompaniyalar guruhi ekspertlari GITEX auditoriyasi uchun sun'iy intellekt va katta ma'lumotlar mavzusida amaliy seminar ham o'tkazdi.

USETECH jamoasi turli mamlakatlar, jumladan Yaqin Sharq va Yevropa vakillari bilan muloqot qilib, hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.

#tadbirlar